Ishlov berishning osonligi

Gazobeton bloklarning asosiy xususiyatlaridan biri – uning ishlov berish qulayligi. Ularni kesish, teshish va yana ko'p narsalarni osonlik bilan amalga oshirsa bo'ladi. Har qanday burchak ostida kesib olish mumkin, har xil shaklga keltirish mumkin. Shuning uchun bu bloklardan foydalanish uylarni bezatishga qulay va beton devordagi quvurlar va elektr simlarini o'tkazishda kerakli asboblaridan osonlik bilan foydalanishingiz mumkin.

Bunday devorda isitish, suv ta'minoti va kanalizatsiya ishlari uchun qulay va tezkor tarzda amalga oshirsa bo'ladi. Xonani yanada kengroq ishlatish bilan kabellarni va quvurlarni devorga osongina o'rnatish mumkin bo'ladi.

Gazobetonning devorlariga gipsli ishlov berish boshqa devorlarga nisbatan ikki barobar tezroq bajarsa bo'ladi. Bir gazobeton bloklari osongina bir nechta g'isht o'rnini bosadi va og'irligi juda yengil bo'ladi. Gazobeton uchun islatiladigan maxsis aralashmalar oddiy shuvoqdan ko'ra tezroq qo'llaniladi. Gazobetonning g’adur-budur yuzasi ishlov berish jarayonini engillashtiradi.

Barcha ustunliklari